Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Termizda O‘zbekiston va toliblar hukumatlari muzokaralari bo‘lib o‘tadi

A A A
Termizda O‘zbekiston va toliblar hukumatlari muzokaralari bo‘lib o‘tadi

Termiz shahrida 15 oktyabr kuni O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari muzokaralari rejalashtirilgan. Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston tomonidan bu muzokaralarda ishtirok etadiganlardan biri ma’lum qildi.
“Uchrashuv ertaga Termizda bo‘lib o‘tishi kerak”, - dedi manba.
U kun tartibidan savdo-iqtisodiy masalalari o‘rin olganiga aniqlik kiritdi.
Gap, xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash o‘sishi uchun bo‘lgan to‘siqlarni olib tashlash, “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish tarmoqlari va “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” yo‘nalishi bo‘ylab temir yo‘l qurish loyihalarini amalga oshirish haqida boradi.

O‘tgan hafta O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra yaqin kunlarda Termizda qo‘shma muzokaralarni o‘tkazishga kelishigan edi.

Kiritildi: 15:58 14.10.2021. O'qildi: 2795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!