Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

“Termiz” xalqaro aeroporti 55 kunlik tanaffus – rekonstruksiyadan so‘ng yana ishga tushdi

A A A
“Termiz” xalqaro aeroporti 55 kunlik tanaffus – rekonstruksiyadan so‘ng yana ishga tushdi

Ma’lum qilinishicha, 26 dekabr kuni aeroport birinchi reysni qabul qilgan.

Qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘laklari va 3 ta samolyot to‘xtash joyi uchun perronni o‘z ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.

Shuningdek, aerodromga zamonaviy CAT-I ICAO yoritish uskunalari tizimi, meteorologik va radionavigasiya qo‘nish tizimlari o‘rnatildi.

Eslatib o‘tamiz, aeroport 1 noyabr kuni yopilgan va parvozlar vaqtincha respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga yo‘naltirilgan edi.

Kiritildi: 11:09 26.12.2022. O'qildi: 1461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!