O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun 22 iyun kuni Termiz shahrida ob-havo sharoitlari tufayli chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmoqda.
Havoning ifloslanishini avtomatik monitoring qilish stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra:
— soat 09:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 7192 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentrasiyadan 14 baravar oshib ketdi. Shamol tezligi 5-7 m/s. Ko‘rish 500 metr.
— soat 10:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 6241 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentrasiyadan 12 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko‘rish 700 metr.
— soat 11:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 5739 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentrasiyadan 11 barobar oshib ketganligi qayd etildi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko‘rish 700 metr.
— soat 12:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 4 542 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentrasiyadan 9 marta oshib ketdi. Shamol tezligi 5-9 m/s. Ko‘rish 1000 metr.
Ochiq havoda bo‘lmaslik, binolarni tark etmaslik, derazalarni yopish, ochiq havoda bo‘lganda niqob va ko‘zoynak taqish tavsiya etiladi.