Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

TEPE Sigeman shaxmat turniri. Abdusattorov autsayder bilan tezkor durangga imzo chekdi

TEPE Sigeman shaxmat turniri. Abdusattorov autsayder bilan tezkor durangga imzo chekdi

Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha nufuzli TEPE Sigeman turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U 5-tur doirasida shvesiyalik Nils Grandeliusga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi.

Tomonlar o‘zlari uchun oldindan belgilab olgan debyut variantlariga borishdi va figuralar almashinib ketdi. 26-yurishga kelib taxtada 4 ta piyoda va bittadan har xil xonada yuruvchi ruh qoldi. Shaxmatchilar yurishlarni 3 marta takrorlab, durangni qayd etishdi.

Shu tariqa, Nodirbek ochkolari sonini 3,0 taga yetkazib olgan holda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 3-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘ringa esa hindistonlik Arjun Erigaisi ko‘tarilib oldi (3,5 ochko). Grandelius esa ketma-ket 4 ta mag‘lubiyatdan keyin ilk yarim ochkosini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa 7 mayga qadar Shvesiyaning Malmyo shahrida bo‘lib o‘tadi.

Vaqt nazorati va o‘ziga xos qoidalar
Turnir klassik shaxmat qoidalariga ko‘ra, quyidagi vaqt nazoratida o‘tkaziladi:
Dastlabki 40 ta yurish uchun 90 daqiqa;
O‘yin oxirigacha esa yana 30 daqiqa vaqt beriladi;
Birinchi yurishdan boshlab har bir yurish uchun 30 soniya qo‘shib boriladi.
Musobaqada "Malmyo qoidalari" amal qiladi — unga ko‘ra, o‘yinchilar 40-yurishga qadar o‘zaro durangga kelishishlari taqiqlanadi.

Musobaqa formati
8 nafar ishtirokchi 7 ta tur davomida aylanma (round-robin) tizimida bir-biriga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, ushbu turnirda ketma-ket ikki yildan buyon o‘zbekistonlik shaxmatchilar g‘alaba qozongan. 2024-yilda Nodirbek Abdusattorov, 2025-yilda esa Javohir Sindorov chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:44 05.05.2026. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!