Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Temza tarixda birinchi marta issiq tufayli qurib qoldi

A A A
Temza tarixda birinchi marta issiq tufayli qurib qoldi

The Guardian.com nashriga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning janubiy qismida joylashgan Temza daryosi boshlangan avvalgi joydan 8 kilometr pastroqqa siljigan.

Rivers Trust ekologiya tashkiloti siyosat va fan bo‘limi boshlig‘i, doktor Rob Kollinzning aytishicha, Glostershirdagi Temza daryosining boshi qurib qolgan va oqimdan 5 mildan ko‘proq masofada zaif suv oqimi zo‘rg‘a ko‘rinadi.

Temzaning uzunligi 330 kilometrni tashkil qiladi.

Iyul oyida Buyuk Britaniyada g‘ayritabiiy issiqlik qayd etilgan. 19 iyul kuni havo harorati avvalgi rekord 38,7 darajani yangiladi va 40,3 darajaga yetdi. Britaniyada iyul 1935 yildan beri eng quruq oyi bo‘ldi. Bir nechta suv kompaniyalari millionlab odamlarga ta’sir qilgan suv cheklovlarini e’lon qildi.

Kiritildi: 13:06 06.08.2022. O'qildi: 3293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!