Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Temir yo‘l chipta kassalarida chipta sotib olish bo‘yicha kimlar ustunlik huquqiga ega?

A A A
Temir yo‘l chipta kassalarida chipta sotib olish bo‘yicha kimlar ustunlik huquqiga ega?

Temir yo‘l chipta kassalarida chipta sotib olish bo‘yicha quyidagilar ustunlik huquqiga ega:
? 10 yoshgacha bolali yo‘lovchilarga, shuningdek yo‘llanmalar bo‘yicha sanatoriya-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yo‘lovchilar;

? Prezident Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari; 

? Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilari, xizmat ko‘rsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida ko‘rsatilgan  stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yo‘lga chiqishlarda tibbiyot xodimlari, veterinariya va sanitariya nazorati xodimlari; 

? tasdiqlangan telegraf chaqiruvi bilan ketayotgan shaxslar; 

? avariya yoki yong‘inni bartaraf etish uchun safarbar qilingan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, gaz nazorati, gaz, kimyo, neft, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilari.

Kiritildi: 14:02 10.11.2018. O'qildi: 1724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!