Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Televideniyeda chiroq o‘chib, efir 1 soatga uzilib qoldi

A A A
Televideniyeda chiroq o‘chib, efir 1 soatga uzilib qoldi

27 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining o‘ndan ortiq kanalida efir taxminan bir soatga uzilib qoldi. Bu soat 17:00dan 18:00gacha bo‘lgan vaqt ichida sodir bo‘ldi. Ko‘pchilik ayb televizorda deb o‘ylaganini aytmoqda.

Internetda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, elektr uzatish liniyalari eskirganligi sababli tok uzilib qolgan. Ammo hali rasman izoh berilgani yo‘q.

Dastavval chekka tumanlarda boshlangan elektr uzilishi poytaxtga to‘rt-besh yil muqaddam yetib kelgan. Toshkent tumanlarida tez-tez elektr uzilib turishi sir emas.

2019 yilning 27 noyabrida "O‘zbekiston 24" telekanalida saylovoldi debatlari jonli efirga uzatilayotgan vaqtda elektr uzilishi natijasida efir besh daqiqaga to‘xtab qolgandi. Shu kuni Toshkent metropolitenida ham elektr uzilib chiroqlar o‘chib qolgan. Buning uchun O‘zbekiston energetika vazirligi darhol uzr so‘ragan edi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati o‘zining kanalida yuqoridagi holatga munosabat bildirib, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi joylashgan Shayxontohur tumani hududida 27 yanvar kuni elektr ta’minotida umuman uzilish bo‘lmaganini aytdi.

Kiritildi: 10:22 29.01.2020. O'qildi: 3148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!