Toshkent shahar, Yangihayot tumanida yashovchi 44 yoshli (ayol) B.P. murojaat qilib, “Telegram” messenjerining “OPEN PARFUM” nomli guruhida “noma’lum shaxs” bilan tanishib, unga 38 dona kitoblar uchun jildlarga buyurtma berib, oldindan to‘lov sifatida, 2.090.000 so‘m pullarni o‘tkazib berganligini, biroq aybdor shaxs uni aldab, aloqani uzib quyganligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchilar 21 yoshli B.J. hamda 22 yoshli X.A.lar sodir etganligi, ular (ayol) B.P. bilan “Telegram” messenjerining “OPEN PARFUM” nomli guruhida tanishib, unga 38 dona diniy kitob hamda ushbu kitoblar uchun maxsus jildlarni yetkazib berishni va’da qilib, oldindan to‘lov sifatida, B.J. o‘zining bank kartasiga 2.090.000 so‘m pullarni o‘tkazib olib va’dasini bajarmay, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan B.J. va X.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, B.J. va X.A.lar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.