Telegram messenjerining Wallet kripto-hamyon platformasi rasmiy saytida Toshkentdagi vakolatxona direktori lavozimiga tanlov e’lon qilindi.
Direktor ofisning kundalik faoliyatini boshqarishi, shuningdek, mahalliy hokimiyat va regulyatorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi kerak bo‘ladi. Unga mahalliy va xalqaro me’yorlarga, xususan, kriptovalyutalar sohasidagi normalarga rioya qilish mas’uliyati yuklatiladi.
Nomzod kriptovalyutalar, fintex yoki moliyaviy xizmatlar sohasida boshqaruv tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Blokcheyn texnologiyalari, raqamli aktivlar va kriptovalyuta bozorlari dinamikasini bilishni namoyish etish talab etiladi.