Litva prezidenti Gitanas Nausedaning aytishicha, hozir Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarni boshlash uchun eng noqulay vaqt, chunki Moskva qo‘li baland ekanini his qilmoqda.
"Hozir Putin o‘zini ustun deb hisoblayapti va Ukrainani burchakka siqmoqda. Hozir muzokaralarni boshlashning eng noqulay payti, chunki Rossiya o‘zini kuchli tomon deb hisoblamoqda", deya fikr bildirdi Nauseda Bryusseldagi Yevropa kengashi yig‘ilishidan oldin.