Telegram messenjeri iyul oyida qisqa hikoyalar funksiyasini ishga tushiradi.
Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida bayonot berdi, deb yozadi Vesti.az.
"Biz tez orada hikoya xususiyatini ishga tushiramiz", deb yozdi u.
Hozirda format sinovdan o‘tkazilmoqda, funksiya iyul oyi boshida foydalanuvchilarga taqdim etiladi.