MegaFon abonent uskunalarini tadqiq qilish va sinovdan o‘tkazish markazi rahbari Aleksandr Jakoniya telefonning ishlash tezligini saqlab qolish uchun har oyda kamida bir marta xotirani tozalashni tavsiya qildi.
Uning ta’kidlashicha, bo‘sh xotira miqdori smartfon tezligiga bog‘liq bo‘lgan asosiy omil hisoblanadi.
“Android va IOS'dagi xotiraning katta qismini “Boshqa” bo‘limi egallaydi”, — deya Jakoniya so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Mutaxassisning aytishicha, bu yerda tizim va saqlangan fayllar, o‘yin ma’lumotlari, shuningdek, internetdan yuklab olingan kontent saqlanadi.
“Telefon sozlamalarida va brauzerda keshni tozalash kifoya - va bo‘sh xotira miqdori sezilarli darajada oshadi. Buni oyda bir marta qilish tavsiya etiladi”, - deya xulosa qildi u.