Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Tehron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarga tayyor – Eron TIV

Tehron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarga tayyor – Eron TIV

Eron 2015-yilda imzolangan yadroviy kelishuv bo‘yicha G‘arb davlatlari bilan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish uchun muzokaralar olib borishga tayyor. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravanchi Italiyaning Affari Internazionali jurnali va Radicale radiostansiyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Taxt-Ravonchi to‘xtab qolgan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar bo‘yicha Eronning pozisiyasini bayon qildi. Eronlik diplomat har qanday muzokaralar 2018-yilda Tramp davrida AQSh bir tomonlama ravishda voz kechgan Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi (JCPOA) doirasida olib borilishini ta’kidladi.

Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (NPT) a’zosi sifatida Taxt-Ravanchi Eron tinch yadroviy energiya dasturiga ajralmas huquqqa ega ekanligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu huquqlar boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan bir necha bor buzilgan. Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha uzoq davom etgan bahs asosan uning NPT bo‘yicha huquqlarini rad etishdan kelib chiqadi, deya qo‘shimcha qildi yuqori martabali diplomat.

Kiritildi: 02:30 08.01.2025. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!