Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tehron ohangini o‘zgartirmoqda

A A A
Tehron ohangini o‘zgartirmoqda

Eron xalqaro maydondagi ritorikasini keskin o‘zgartirdi va AQSh saylovlarida respublikachi Donald Tramp g‘alaba qozonganidan so‘ng Vashington bilan munosabatlardagi keskinlik darajasini pasaytirishga harakat qilmoqda. Bu haqda The New York Times (NYT) manbalarga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Eron «bir necha hafta ichida» keskin bayonotlardan voz kechib, ularni ko‘proq «kelishuv» bilan almashtirgan. Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, bunga mamlakat ichidagi va xorijdagi voqealar sabab bo‘lmoqda.

Ularga ko‘ra, Tehronning yondashuvni qayta ko‘rib chiqish qarori ham Trampning 5 noyabrdagi saylovlardagi g‘alabasi bilan bog‘liq. NYT nashrining yozishicha, Eron siyosatiga iqtisodiy inqiroz va Tehronning «eng yaqin va muhim» harbiy ittifoqchisi, Livandagi «Hizbulloh» tashkilotining zaiflashishi ta’sir ko‘rsatdi.

Bu omillarning barchasini inobatga olgan holda, Eron Trampning yangi ma’muriyati bilan munosabatlarni yomonlashtirmaslik uchun Isroildan o‘ch olishdan tiyilishga qaror qildi, deya qo‘shimcha qiladi gazeta.

Kiritildi: 21:37 29.11.2024. O'qildi: 7326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!