Isroil o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzsa, Eron Amerika kemalari va harbiy bazalariga zarba berishi va Hormuz bo‘g‘ozini yopishi mumkin. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Tehron Tel-Aviv bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan, chunki Vashington va Isroilning yangi zarbalari bo‘lsa, "o‘z o‘rnida turishiga ishonchi komil edi".
Biroq, Eronning pozisiyasi shuki, mamlakat tashqi siyosati, ehtimoliy yangi zarbalar tahdidiga qaramay, o‘zgarmaydi, deb hisoblaydi nashr.
"Eron hukumati urush davridagi iqtisodiy qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, aholi esa bayroq atrofida to‘planib, o‘z g‘azabini xorijlik tajovuzkorlarga qaratadi", deb yozadi nashr.
Maqola muallifiga ko‘ra, Eron davlati 10 yildan ortiq vaqt davomida AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rgan. Buni Fordodagi yadroviy inshootning juda chuqur yer ostida joylashgani tasdiqlaydi.
"Bu ob’ektni amerikalik bunker busterlari tomonidan butunlay vayron qilishdan saqlab qolgan bo‘lishi mumkin", deb ta’kidladi nashr.