Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tayvan Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining samolyot tashuvchi kemasi orol yaqinidan o‘tgani haqida xabar berdi

Tayvan Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining samolyot tashuvchi kemasi orol yaqinidan o‘tgani haqida xabar berdi

"Lyaonin" aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi Xitoy Xalq ozodlik armiyasi harbiy-dengiz flotining kemalar otryadi Tayvan yaqinidan o‘tdi.

Bu haqda orol mudofaa departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 22 oktyabr kuni kechqurun Xitoy kemalari Tayvan nazoratidagi Pratas orollari (Dunsha nomi bilan ham tanilgan) yaqinidagi suvlardan o‘tib, shimoldan Tayvan bo‘g‘ozi tomon harakatlanishda davom etgan.

Bayonotda ta’kidlanganidek, Tayvan qurolli kuchlari vaziyatni diqqat bilan kuzatib borgan.

Kiritildi: 10:22 23.10.2024. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!