Tayvan rasmiylari Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga sodiq ekanini tasdiqladi. Ular Xitoy bilan tinch-totuv yashashga intilayotganini, biroq erkinlik va o‘z kelajagini mustaqil belgilash huquqidan voz kechmasligini ta’kidladi.
Tayvan rahbariyati orolning mudofaa salohiyatini mustahkamlash mojaroni keltirib chiqarishga emas, balki ehtimoliy tajovuzni jilovlashga qaratilganini bildirdi. Taybeyni, ayniqsa, Xitoyning «kulrang zona»dagi harbiy faolligi va Tayvan tomoni mavjud vaziyatga tahdid deb baholayotgan harakatlari tashvishga solmoqda.
Shu bilan birga, Tayvan AQSh va Xitoy o‘rtasida qurolli to‘qnashuv xavfini kamaytirishga qaratilgan muloqotni olqishlaydi. Orol rasmiylari har qanday muzokara teng huquqlilik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslanishi, Tayvanga siyosiy bo‘ysunish majburan yuklanmasligi kerakligini ta’kidlamoqda.
Tayvanga qariyb 14 milliard dollarlik qurol-yarog‘ etkazib berish imkoniyatlari muhokama qilinayotgan bir paytda, tahlilchilar Tayvan masalasi Vashington va Pekin o‘rtasidagi asosiy kelishmovchiliklardan biri bo‘lib qolayotganini qayd etmoqda. Biroq ularning baholashicha, bu masala Xitoy va AQSh munosabatlarini normallashtirishga qaratilgan keyingi urinishlarga albatta to‘sqinlik qilavermaydi.