Bugun 19 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Ta’tildan qaytganlarga moddiy yordam berilmaydimi?

Ta’tildan qaytganlarga moddiy yordam berilmaydimi?

— Byudjet tashkilotida ishlayman. Bola parvarishlash ta’tilidan qaytganimga 6 oy bo‘ldi. Sog‘ligimdagi muammolar sababli davolanish uchun moddiy yordam olmoqchi edim. Ammo buxgalter yaqinda ta’tildan qaytganimni aytib, rad etdi. Shu to‘g‘rimi?
Ismi sir tutildi

Anvar Hamidov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi rais o‘rinbosari:
— Moddiy yordam deganda biz ish beruvchining o‘z xodimlariga ma’lum bir xodisa yuz berganida to‘laydigan pul mablag‘larini tushunishimiz lozim. Ish beruvchi xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish tartibi va holatlarni mustaqil belgilaydi. Moddiy yordam olish uchun asoslar ish beruvchining lokal hujjatlarida, ya’ni jamoa shartnomasi yoki jamoa kelishuvida belgilanadi.
Unda qanday hujjatlar taqdim etilishi, moddiy yordam puli miqdori, to‘lov shartlari va boshqa shartlar belgilanadi. Agar moddiy yordam ko‘rsatish shartlari belgilanmagan bo‘lsa, bunday holatda tashkilot rahbari xodimning iltimosiga binoan to‘lovlarni mustaqil ravishda hal qilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, Soliq kodeksining 377-moddasida belgilanishicha, moddiy yordam quyidagi hollarda berilishi mumkin:
• vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga ko‘rsatiladigan;
• xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligi yoxud sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetganligi bilan bog‘liq holda ko‘rsatiladigan;
• bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan ko‘rsatiladigan;
• qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag‘lar berish tarzida ko‘rsatiladigan moddiy yordam;
• Moddiy yordam olish uchun xodim rahbar nomiga asoslantirilgan ariza bilan murojaat qilishi kerak va ish beruvchi bu masalani ko‘rib chiqib, ijobiy natija bo‘lsa, buyruq chiqaradi. Xulosa qilishimiz mumkin, moddiy yordamni berish yoki bermaslik faqat bunday vakolatga ega bo‘lgan rahbar hal qiladi.

Kiritildi: 00:33 12.05.2023. O'qildi: 3244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!