Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

A A A
Tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq:

– tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A’loyev Baxromjon Jo‘raboyevich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;

– Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich va Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

M.Madrahimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga, R.Nurimbetov esa MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.

Kiritildi: 21:50 29.12.2023. O'qildi: 2073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!