Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Tashabbusli byudjet”da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan shikoyatlar tushdi

“Tashabbusli byudjet”da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan shikoyatlar tushdi

“Tashabbusli byudjet”ning 2024 yilgi 2-mavsumida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunda, eng ko‘p murojaat kelib tushgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyatida — 7 ta;
  • Toshkent shahrida — 6 ta;
  • Namangan va Jizzax viloyatlarida — 5 tadan.

Sohalar kesimida:

  • umumta’lim maktablari bo‘yicha — 19 ta;
  • tibbiyot tashkilotlari bo‘yicha — 16 tani tashkil etgan.

Kelib tushgan barcha murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.

“Tashabbusli byudjet”ning 2024 yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 22 avgust kuni boshlangandi. Ovoz berish jarayonlari 31 avgust soat 23:59 ga qadar — 10 kun davom etadi.

Kiritildi: 11:16 28.08.2024. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!