Xitoy armiyasi Tayvan bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tayotgan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining P-8A Poseydon dengiz patrul samolyotini kuzatish uchun qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tardi.
Bu haqda Xitoy armiyasining Sharqiy hudud jangovar qo‘mondonligi vakili katta polkovnik Li Si bayonotida aytiladi.
"17 sentyabr kuni AQShning P-8a dengiz osti kemalariga qarshi patrul samolyoti Tayvan bo‘g‘ozi ustidan namoyishkorona uchib o‘tdi. Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi AQSh samolyotlarining harakatini kuzatib borish va nazorat qilish uchun qiruvchi samolyotlarni ko‘tardi va qonun va qoidalarga muvofiq choralar ko‘rdi. Mintaqadagi qurolli kuchlar doimo yuqori shaylikni saqlab, milliy suverenitet va xavfsizlikni, shuningdek, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni qat’iy himoya qiladi”, — deyiladi bayonotda.