Bugun 7 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Tarixning otasi" Fukuyama: Tramp Ukrainani birlashtiradi

"Tarixning otasi" Fukuyama: Tramp Ukrainani birlashtiradi

Agar respublikachi Donald Tramp AQSh saylovlarida g‘alaba qozonsa, o‘zgarishlar nafaqat AQShga, balki butun dunyoga ham ta’sir qiladi.

Bu fikrni DW bilan suhbatda Stenford universiteti katta ilmiy xodimi Frensis Fukuyama bildirdi.

Uning aytishicha, saylovchilar inflyasiya kabi «qisqa muddatli muammolar»ga e’tibor qaratib ovoz berishmoqda. Ularni «uzoq muddatli, Qo‘shma Shtatlarda qonun ustuvorligini saqlash singari ancha muhimroq masalalar» qiziqtirmayapti.

Trampning Oq uyga qaytishi oqibatlari butun Yevropa uchun juda yomon namuna yaratadi, deb hisoblaydi Fukuyama, Yevropa Ittifoqida o‘ng-populistlarning yanada mustahkamlanishini nazarda tutib.

Fukuyama boshqa «geosiyosiy xavf-xatarlar» ham mavjudligini ta’kidlab, «biz hozir shunday bosqichga kirayotganimiz»ni qayd etdi. Gap «Ukraina manfaatlarini hisobga olmasdan Putin bilan tinchlik kelishuvi tuzish» imkoniyati haqida bormoqda. Bundan tashqari, ekspert ogohlantirganidek, Janubi-Sharqiy Osiyoda Vashingtonning o‘z ittifoqchilarini Xitoydan himoya qilishni xohlashiga ishonch yo‘q.

Kiritildi: 21:12 06.11.2024. O'qildi: 1122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!