O‘zbek futboli deganda, albatta, ko‘z oldimizga Mirjalol Qosimov keladi. Sababi, futbolchilik davrida ajoyib o‘yinlari va gollari bilan muxlislar qalbidan joy olib bo‘lgan. Hatto murabbiylik davridagi ayrim omadsizliklari ham uning obro‘siga, muxlislarning unga bo‘lgan mehriga ta’sir ko‘rsata olmadi.
1995 yil. 12 sentyabr. UYEFA kubogi. O‘yinning 21-daqiqasi. Alaniya Liverpul ga qarshi. Jarima zarbasi belgilandi. Endi esa Mirjalol Qosimov Liverpul ga qarshi, tajribali posbon Devid Jeymsga qarshi. O‘sha paytlarda bunday vaziyatlarda ko‘pincha Qosimovning vo‘li baland kelardi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Mirjalol jarima zarbasini shu qadar ajoyib amalga oshirdiki, Liverpul posboni hech narsa qila olmadi. Bu gol hamyurtimiz faoliyatidagi eng ajoyib va zalvorli gollardan biri bo‘lib qolgani aniq. Quyida ana shu gol videosini tomosha qiling.