Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Tarixiy oltin medal: akademik eshkak eshuvchilarimiz Shahzod Nurmatov va Sobir Safarәliyev jahon chempioni!

Tarixiy oltin medal: akademik eshkak eshuvchilarimiz Shahzod Nurmatov va Sobir Safarәliyev jahon chempioni!

Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medaliga sazovor bo‘ldi.

Engil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan ilk oltin medali sifatida tarixda qoladi.

Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.

Kiritildi: 23:11 27.08.2026. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!