Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Putin Nijniy Novgorodga keldi

Putin Nijniy Novgorodga keldi

Jurnalistlar prezident tashrifi oldidan shahardagi yonilg‘i quyish shoxobchalarining aksariyatida benzin paydo bo‘lganini aniqladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelgan kuni Nijniy Novgorodda Volga va Oka daryolari bo‘ylab kemalar qatnoviga, shuningdek, bir nechta ko‘chalarda to‘xtashga taqiq joriy etildi.

NewsNN nashri jurnalistlari shahar bo‘ylab aylanib chiqib, aksariyat yonilg‘i quyish shoxobchalarda benzin borligiga amin bo‘lishdi. Bir hafta oldin, Rossiyada yonilg‘i inqirozining ikkinchi to‘lqini avj olgan bir paytda, Nijniy Novgorodning ko‘plab yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin yo‘q, boshqalarida esa uzoq navbatlar yuzaga kelgan edi.

Putinning hududlar bo‘ylab avvalgi safari chog‘ida, jumladan, Krasnoyarskda benzin narxida keskin o‘zgarishlar kuzatilgandi. Prezident tashrifidan bir kun oldin ushbu o‘lkadagi ayrim shoxobchalarda benzin narxi 24 rublga arzonlashgan, so‘ngra u ketganidan keyin avvalgi holatiga qaytgandi.

Nijniy Novgorodda Putin “Yangi davr uchun kuchli g‘oyalar” forumida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Mazkur forum prezidentning ish rejasi sababli 24–25 avgustdan 27–28 avgustga ko‘chirilgan.

Kiritildi: 20:29 28.08.2026. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!