"Tottenxem" himoyachisi Jed Spens Tomas Tuxel murabbiyligi ostidagidagi Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. U Angliya terma jamoasi safida to‘p surgan tarixdagi ilk musulmon futbolchi bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Sky Sports" nashri habar bermoqda.
Spens: "Bu juda ham ajoyib. Men xursandman"
Qayd etish lozim, Angliya terma jamoasi JCh saralashi doirasida mazkur FIFA kunlarida Andorra va Serbiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Jed Spens joriy mavsum "Tottenxem" safida 3 ta o‘yinda maydonga tushgan va barchasida 90 daqiqadan harakat qilgan.