FIFA tomonidan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan FIFA Series xalqaro futbol musobaqasi doirasida turli konfederasiyalarga mansub milliy terma jamoalar o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. Musobaqa mini-turnirlar shaklida o‘tkazilib, har bir mini-turnirda to‘rt jamoa ishtirok etadi hamda bellashuvlar bitta markazlashgan mezbon davlatda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda ilk bor bo‘lib o‘tadigan mazkur turnir ishtirokchilari rasman e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mezbon O‘zbekistondan tashqari musobaqada Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela milliy terma jamoalari ishtirok etadi.
FIFA kunlari 27-31 mart kunlarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston ishtirokidagi uchrashuvlar aynan shu vaqtda bo‘lib o‘tadi.