Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tarbiya qonuni: 16 yoshdan kichik bolalarga shapaloq urish taqiqlandi

Tarbiya qonuni: 16 yoshdan kichik bolalarga shapaloq urish taqiqlandi

Shotlandiyada 16 yoshdan kichik bolalarni tarbiyalash maqsadida ularga shapaloq urish taqiqlandi.

Ta’kidlanishicha, bolalarga jismoniy kuch ishlatishni taqiqlovchi qonun Shotlandiya parlamenti tomonidan o‘tgan yili ma’qullangan. Qonun bugun, 2020 yil 7 noyabrdan kuchga kirdi.

«Shotlandiya Buyuk Britaniya qirolligidagi bolalarni xuddi kattalar kabi zo‘rlikdan himoya qiluvchi qonun qabul qilgan ilk davlat bo‘lganidan juda xursandman. Bolalarga munosabatda qattiqqo‘llikni oqlab bo‘lmaydi», – degan bola huquqlari bo‘yicha vakolatli vakil Meri Todd.

Avval bu mamlakatda ota-onalar va vasiylar bolalarni bunday tartibda jazolashi mumkin bo‘lgan.

Dunyoda bolalarga shapaloq urish taqiqlagan birinchi mamlakat Shvesiya bo‘lgan (1979 yil). Shotlandiya bunday davlatlarning 57 chisi bo‘ldi. Shuningdek, bu kabi qonun 2021 yil yanvarda Uelsda ham qabul qilinishi kutilmoqda.

Angliya va Shimoliy Irlandiyada bu kabi qonun loyihalarini qabul qilish rejalashtirilmayapti.

Kiritildi: 18:27 07.11.2020. O'qildi: 3945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!