So‘nggi kunlarda Buxoro viloyati hokimligi 82 mln. so‘mga (7732 $) Montblanc stol usti jamlanmasini, Mudofaa vazirligi esa har biri 15 mln. so‘mdan (1415 $) bo‘lgan ikkita premium-klass ruchkalarga buyurtma bergani jamoatchilik orasida keskin tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Yuqori darajali amaldorlar "obro‘-e’tiborining namunasi bo‘lmish" bu kabi premium-klass konselyariya mahsulotlaridan dunyoning boshqa amaldorlari ham foydalanishadimi? Ular foydalanayotgan ruchkalarning narxlari qanday? Shu bilan qiziqdik.
Britaniya primer-ministri Tereza Mey xonim ishlatadigan ruchka (Parker Duofold International Black Gold Trim) narxi – 185 $;
Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe ishlatadigan ruchka (Pilot Custom 845) narxi – 568-697 $;
Britaniya qirolichasi Elizaveta II ishlatadigan ruchka (Parker-51s) narxi – 278 $;
AQSh prezidentlari ishlatadigan qadoq ruchkalar - Cross Century II Black Lacquer Selectip Rollerball Pen – 116 $ va Cross Classic Century Ballpoint Pen – 40 $.
Demak, birgina ruchka uchun falon ming dollar sarflamasdan ham muhim qarorlar qabul qilish va premiumlikni saqlab qolish imkoni bor ekan.