Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tanishing: UzAuto Motors’dan avtomobillarning yangi yorqin ranglari (foto)

Tanishing: UzAuto Motors’dan avtomobillarning yangi yorqin ranglari (foto)

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglar qo‘llay boshlaganini ma’lum qiladi. Yangi ranglar avtomobillarning barcha modellari joriy qilingan bo‘lib, ularga shartnoma tuzish hozirdan boshlangan, deyiladi tashkilot rasmiy xabarida.

Modellar qatoriga yangi GYM (yorqin kulrang) va GUM (to‘q rangli firuza) ranglari kiritildi. Yangi ranglar avval ishlab chiqarilgan GJT (yashil) hamda GQM (to‘q ko‘k) ranglarning o‘rniga joriy qilinmoqda.

Avtomobillarning yangi ranglari bilan siz o‘zingizning betakrorligingizni namoyon etish imkoningiz bo‘ladi.

Avvalroq 2019 yilning iyul oyida o‘tkazilgan press-tur doirasida avtomobillarga yangi ranglar joriy qilinishi xabar berilgandi.  Yangi ranglar mijozlarning buyurtmasi asosida ishlab chiqariladi va 2019 yil oxirida yetkazib berila boshlanadi. Maxsus ranglardagi avtomobillarga dilerlar tomonidan buyurtmalar qabul qilinishi boshlangan.

Kiritildi: 11:39 19.11.2019. O'qildi: 9741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!