Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Taniqli o‘zbek xonandasi Abdulaziz Karim vafot etganligi aytilmoqda

A A A
Taniqli o‘zbek xonandasi Abdulaziz Karim vafot etganligi aytilmoqda

Taniqli o‘zbek xonandasi Abdulaziz Karim vafot etganligi aytilmoqda. Bu haqda uning ukasi Facebook'da ma’lum qildi.

Bugun akam olamdan o‘tdilar, duo qilinglar”, - deb post qoldirgan o‘zini san’atkorning ukasi deb tanishtirgan shaxs.

Abdulaziz Karim 1973 yil 23 noyabr kuni Toshkentda tug‘ilgan, u musiqa maktabini 1991 yilda tamomlab, 1991—1996 yillarda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozisiya fakultetida ta’lim olgan.

U 1 qismlik opera, 2 ta simfoniya va xor jamoasi uchun 70dan ortiq asarlar yozgan.
Evropa darajasidagi musiqa turlariga talab kamligi sababli 1998 yildan estrada yo‘nalishida ijod qila boshlagan.

Abdulaziz Karimning “Uzun armonlar”, “Qurbon bo‘laman”, “Yagonam o‘zing” qo‘shiqlari hamda Rayxon G‘aniyeva bilan hamkorlikda kuylagan “Erkatoyim mani yoqimtoyim” dueti xit darajasiga ko‘tarilgan

Kiritildi: 00:10 26.12.2023. O'qildi: 52869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!