Taniqli turk aktyori Taner Olmez 10 iyun, chorshanba kuni uylandi, deb yozadi "Geje" axborot nashri.
Xabarga ko‘ra, aktyor rafiqasi Eje Cheshimoglu bilan bo‘lgan rishtalari haqida gapirdi.
"Men uylanganimdan keyin bu haqda gapirishga qaror qildim, chunki to‘ygacha ommaviy axborot vositalarining e’tiborini jalb qilishni xohlamagan edim", — dedi Olmez.
Ma’lum bo‘lishicha, aktyor asosiy to‘yni kuzda Istambuldagi elita mehmonxonalaridan birida o‘tkazishni rejalashtirgan.