Taniqli turk aktrisasi Burju Ozberk muxlislari shov-shuvli deb atagan bayonot bilan chiqdi va ko‘pchilik unga salbiy munosabatda bo‘lishdi.
"Post" nashrining yozishicha, aktrisa turmush qurishni rejalashtirmaganligini va nikohni farzand ko‘rish uchun zarur deb bilmasligini aytdi.
"Afsuski, ayollarga biologik omad kulib boqmaydi va ma’lum bir yoshdagi to‘siqdan keyin biz farzand ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lamiz. Men hozir 31 yoshdaman va agar onalikka tayyor ekanligimni his qilsam, u holda turmushga chiqmasdan farzand ko‘rishim mumkin», – dedi yulduz.
Eslatib o‘tamiz, aktrisa "Muhtasham yuz yil" serialidagi Hurijahon Sulton (Ibrohim Posho va Xadicha Sultonning qizi) obrazi orqali mashhurlikka erishgan.