Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Taniqli aktrisa Jeyn Fonda saratonga chalinganini ma’lum qildi

Taniqli aktrisa Jeyn Fonda saratonga chalinganini ma’lum qildi

Jeyn Fonda o‘ziga Xojkin (Hodgkin’s Limfoma) limfoma tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi. Gollivud aktrisasining so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon kimyo terapiyani boshlab yuborgan, deb yozadi People Talk.

«Bu davolanadigan saraton. Bemorlarning 80 foizi omon qoladi, shuning uchun men o‘zimni juda omadli deb bilaman. Ishimning o‘ngidan kelgani shuki, menda tibbiy sug‘urta bor va eng yaxshi shifokor hamda davolash usullaridan foydalanishim mumkin. Albatta, men imtiyozga ega bo‘lgan narsalar yaxshi emasligini to‘g‘ri tushunaman. Amerikadagi deyarli har bir oila vaqti kelib saraton kasalligiga chalinmoqda va ko‘pchilik menga ko‘rsatilayotgan sifatli tibbiy xizmatdan foydalana olmaydi, aslida mana shunday yomoni yo‘q», — deb yozadi aktrisa o‘z sahifasida.

«Men 6 oydan beri kimyo terapiyaga boraman va davolanishim juda yaxshi ketmoqda. Va menga ishoning, faolligimga hech narsa to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymayman», — deya qo‘shimcha qildi Jeyn.

Kiritildi: 02:33 05.09.2022. O'qildi: 3741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!