Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tamg‘alanmagan suv hisoblagichlar uchun jarima to‘lanmaydigan bo‘ldi

Tamg‘alanmagan suv hisoblagichlar uchun jarima to‘lanmaydigan bo‘ldi

Shu kunlarda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil – Biznes-ombudsman tomonidan biznes vakillariga ko‘mak berish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi “Urganch Lazzat non” MCHJ, “Qo‘chqor bog‘bon” MCHJ va “Yavkach” MCHJ rahbarlari “Xorazm suv ta’minoti” AJ xodimlarining xatti-harakatidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, mazkur jamiyatlarda ichimlik suvini iste’mol qilish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilib, ichimlik suv hisoblagichlarining davlat tamg‘asi yo‘qligi aniqlangan hamda jarima qo‘llash bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

Tamg‘alanmagan suv hisoblagichlar uchun jarima to‘lanmaydigan bo‘ldi

Holat Biznes-ombudsman tomonidan o‘rganilganda suv hisoblagichlar “Xorazm suv ta’minoti” AJ xodimlari talabiga ko‘ra, yangisiga – masofadan uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlariga almashtirilgani, biroq, inspektor tomonidan tamg‘a o‘rnatilmay qolib ketgani ma’lum bo‘ldi.

Natijada yuqoridagi holatlarda tadbirkorlarning aybsizligi o‘z tasdig‘ini topib, tadbirkorlarga qo‘yilgan asossiz jarimalar bekor qilinishi ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 09:02. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!