Psixolog Jin Tvendjning NYTdagi maqolasiga ko‘ra, o‘qituvchilar aybni SIga qaratsa-da, o‘quv natijalari pasayishining asosiy sababi — noutbuklar.
📉 2023–2024 yillarda AQShda test natijalari oxirgi 20 yildagi eng past darajaga tushdi.
📀 Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadi:
— qo‘lda konspekt yozganlar noutbukda yozganlarga nisbatan imtihondan 75% kamroq yiqiladi;
— dars vaqtida qurilmalardan ko‘p foydalaniladigan mamlakatlarda test natijalari pasayadi.
🇫🇮 Finlyandiya: o‘quvchilar dars vaqtida kuniga o‘rtacha 90 daqiqa o‘yin va ko‘ngilochar kontentga vaqt sarflaydi — natijalar 2006–2022 yillarda keskin yomonlashgan.
🇯🇵 Yaponiya: qurilmalardan ko‘ngilochar maqsadda foydalanish 30 daqiqadan kam, natijalar barqaror.