Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

“Talimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 megavattli bug‘-gaz qurilmalari bunyod etilmoqda

A A A
“Talimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 megavattli bug‘-gaz qurilmalari bunyod etilmoqda

Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi “Talimarjon IES” AJda umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi loyihasining qurilishi qizg‘in olib borilmoqda.

Ushbu investisiya loyihasining umumiy qiymati 944,87 million AQSh dollarini tashkil etib, bosh pudratchi sifatida Ispaniya va Yaponiya kompaniyalari ishtirok etayapti. Qurilish ishlariga Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi mutaxassislari ham jalb qilingan.

Mazkur bug‘-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga qo‘shimcha yana 8,5 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga erishiladi.

Ushbu qurilmalar 2025 yilda yagona energiya tizimiga ulanishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 10:45 14.06.2024. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!