Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tashkil etiladi

A A A
Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tashkil etiladi

Maktablarda psixologlar xizmati tashkil etildi. Vazirlar mahkamasi o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni 12 iyulda qabul qildi.

  • Psixologlar o‘quvchilarga qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashadi.

Psixologik xizmat o‘quvchilar sonidan kelib chiqib 1-3 shtat birligidan iborat tarkibda tashkil etiladi.

O‘zbekistonda so‘nggi paytlar aholining ruhiy salomatligi borasida ko‘p ishlar qilinmoqda.

  • Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari orasida zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan loyihani ishga tushirgandi. Gap o‘zbek jamiyati uchun yangi so‘z, lekin eski tushuncha bo‘lmish bulling (bullying) haqida ketayapti. Hozir bulling butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham dolzarb masalalardan biriga aylangan. BMT tadqiqotida aytilishicha, yoshlarning uchdan ikki qismi maktabda ta’qibga uchraydi. Ko‘p hollarda bolalar maktabdagi nizolarni kattalardan berkitadi. Har uchinchi bola o‘zi ham ta’qibda bir necha bor ishtirok etgan. O‘zbekistonda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov birinchilardan bo‘lib bu muammo haqida ochiq gaplashishni taklif qilgan.
  • Fevralda ilk bor mamlakat bosh psixiatri va bosh suisidologi lavozimlari joriy etildi.
  • 2019−2025-yillarda O‘zbekiston aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Manba: minbar.uz

Kiritildi: 06:30 14.07.2019. O'qildi: 5801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!