Vazirlar Mahkamasining 16 sentyabrdagi 579-sonli qarori bilan ta’lim krediti ajratishga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda:
➖ oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish;
➖ oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatgichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ta’lim krediti ajratish amaliyoti joriy qilinadi.
Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun ta’lim krediti ular to‘g‘risidagi ma’lumot Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining kontrakt.edu.uz va HEMIS axborot tizimida; o‘rta-maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun esa ular to‘g‘risidagi ma’lumot prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lgan taqdirda ajratiladi.