Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Talabalar uchun nomli stipendiyalar ro‘yxati yangilandi

A A A
Talabalar uchun nomli stipendiyalar ro‘yxati yangilandi

Buning uchun talaba barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” bo‘lishi hamda ijodiy ishda qatnashishi kerak.

▪️Beruniy
texnika yo‘nalishlarida,

▪️Ibn Sino
tibbiyot yo‘nalishlarida,

▪️Navoiy
gumanitar yo‘nalishlarda,

▪️Kamoliddin Behzod
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida,

▪️Ulug‘bek
tabiiy yo‘nalishlarda,

▪️Xudoybergan Devonov
kinematografiya yo‘nalishida,

▪️Bobur
tarix va geografiya yo‘nalishlarida,

▪️Pahlavon Mahmud
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida,

▪️Imom al-Buxoriy
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida,

▪️To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida,

▪️Islom Karimov
barcha yo‘nalishlarda.

🔸Stipendiya kim uchun: bakalavriatda o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalari uchun.

- Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulug‘bek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan;
- Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga;
- Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
- Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
- Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
- To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
- Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.

Kiritildi: 09:42 12.08.2023. O'qildi: 2255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!