Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Taksichi 26 yoshli qizning nomusini saqlab qoldi

Taksichi 26 yoshli qizning nomusini saqlab qoldi

Yo‘lovchi qizni zo‘ravonlardan qutqargan taksi haydovchisi Dmitriy Filin Yandeksga umr bo‘yi komissiya to‘lamaydi. Kompaniya qiyin vaziyatda adashmagan haydovchiga shu tarzda minnatdorchilik bildirdi. Xabar qilinishicha, haydovchi to‘lashi kerak bo‘lgan komissiya puli har bir qatnovning 20 foizini tashkil etardi. Endi taksi haydovchisi bu pulni o‘zi uchun olib qoladi.

"Rambler"ning yozishicha,  Moskvadagi taksi haydovchisi Dmitriy Filin mijoz qizlardan biri bilan yozishgan, qiz erkakka uni ushlab turishgani va nomusiga tajovuz qilmoqchi ekanliklarini ma’lum qilgan. Keyin polisiyaga murojaat qilishni so‘ragan.

Haydovchi mijozning ismi va uning manzili to‘g‘risidagi ma’lumotni huquq-tartibot idoralariga yetkazdi. Bir soat o‘tgach, ular polisiyadan qo‘ng‘iroq qilishdi va yordam uchun minnatdorchilik bildirishdi. Aniqlanishicha, qiz haqiqatan ham ikki kishi tomonidan tazyiqqa uchragan.

26 yoshli qizning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan jinoyatchilar qo‘lga olindi.

Yandeks rahbariyati esa erkakni mukofotladi.

Kiritildi: 14:43 30.05.2020. O'qildi: 7525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!