Tailand davlat prokurorlari zilziladan keyin Bangkokdagi ofis binosining qulashi bilan bog‘liq bo‘lgan 23 nafar shaxs va kompaniya, jumladan, taniqli qurilish magnati va Xitoy davlat kompaniyasiga qarshi rasmiy ayblov qo‘ydi, deya xabar beradi Nation Thailand.
Gumonlanuvchilar orasida Tailandning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri – Italian-Thai Development Premchay Karnasuta va Xitoyning China Railway kompaniyasi ham bor. Ular standartlarga rioya qilmaslik va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda.
Dastlabki tergov shuni ko‘rsatdiki, binoning qulashiga loyiha va qurilishdagi kamchiliklar sabab bo‘lgan. Amaldagi materiallar sifati va texnologik jarayonlarga muvofiqligi bo‘yicha ham qoidabuzarliklar aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 28 martda Myanmada ro‘y bergan kuchli zilzila natijasida Bangkokdagi Milliy audit idorasining qurilish maydoni qulab tushgan edi. Hodisa oqibatida 92 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi, 4 nafar ishchi hamon bedarak yo‘qolgan.
30 qavatli minora qulaganida 30 foiz qurib bitkazilgan va Tailanddagi zilziladan zarar ko‘rgan yagona inshoot bo‘lgan. Bu Tailand tarixidagi eng halokatli tuzilmaviy qulashlardan biri edi.