Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tailand–Kambodja mojarosi turistik hududlarga yaqinlashmoqda

Tailand–Kambodja mojarosi turistik hududlarga yaqinlashmoqda

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar mashhur sayyohlik shaharlar — Pattayya va Bangkokdagi turizm salohiyatiga tahdid solmoqda. Harbiy harakatlar hozircha Tailandning Trat va Chanthaburi viloyatlarida davom etmoqda. Bu joylar Pattayyadan 150 km, Bangkokdan 200 km uzoqlikda joylashgan.

➖ 23 iyul kuni besh tailandlik askar mina portlashidan jarohat olib, to‘qnashuv keskinlashdi.
➖ 24 iyul kuni Tailand “Yuttxa Bodin” nomli maxsus harbiy operasiyani boshladi.
➖ 25 iyulda Tailand chegarasidagi 8 ta hududda harbiy holat e’lon qilindi.
➖ 26 iyulda Kambodja harbiylari chegarani buzib o‘tishga uringan, Tailand esa javob zarbasini bergan. Kambodja Tailandni maktab va uylarga zarba berishda ayblamoqda, Tailand bu da’volarni rad etmoqda.

Kiritildi: 12:04 27.07.2025. O'qildi: 2065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!