Tailand hukumati Kambodja bilan chegarada besh kun davom etgan qurolli to‘qnashuvdan ko‘rilgan zararni dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 10 milliard bat (308 million dollar) deb hisoblagan.
Bu haqda Tailand bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Pxichay Chunxavachira ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yetkazilgan zararning yakuniy miqdori ancha katta bo‘lishi mumkin, shu munosabat bilan hukumat Tailand-Kambodja chegarasidagi mojaro oqibatlarini bartaraf etish uchun dastlab 25 milliard bat (770 million dollar) ajratishni rejalashtirmoqda.
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegara mojarosining kuchayishi 24 iyul kuni ertalab qurolli pallaga kirdi.Chegara hududidagi otishmalardan so‘ng tomonlar artilleriya zarbalarini almashishdi. Har ikki tomondan o‘lganlar va yaralanganlar bor, ular orasida tinch aholi ham bor.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kambodjaning Tailandning chegara provinsiyalariga bergan zarbalari natijasida kamida 28 kishi halok bo‘lgan, 140 kishi jarohatlangan, 140 mingga yaqin odam xavfli zonalardan evakuasiya qilingan.