"Tailandning Kambodja bilan chegaradosh 4 ta viloyati rasmiylari keskin vaziyat fonida chegara yaqinida yashovchi aholining evakuasiya qilinishini e’lon qildi", deb xabar bermoqda agentlik.
Qirollikning Surin viloyati rasmiylari Kambodja artilleriyasi tinch aholi yashaydigan hududlardan birini o‘qqa tutganini, natijada ikki nafar mahalliy fuqaro halok bo‘lganini ma’lum qildi. Tailand armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, kambodjalik harbiylar o‘t ochishi natijasida ikki nafar tailandlik askar yaralangan.
Shu bilan birga, Kambodja mudofaa vazirligi vakili Tailand qo‘shinlari hech qanday sababsiz mamlakat hududiga bostirib kirganini, kambodjalik harbiylar esa o‘zlarini himoya qilish maqsadida javob zarbalarini berganini bildirdi.
Har ikki tomonning ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv boshlanganidan so‘ng Tailand armiyasining F-16 qiruvchi samolyoti Kambodjadagi nishonlarga hujum qilgan. Tailand armiyasi harbiy ob’ekt nishonga olinganini ma’lum qildi. Biroq Kambodja mudofaa vazirligi qiruvchilar avtomobil yo‘liga ikkita bomba tashlaganini bildirdi.