Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tailand janubidagi suv toshqini oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

A A A
Tailand janubidagi suv toshqini oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Tailand janubidagi suv toshqinlari oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bangkok Post xabar berdi, deb yozadi TASS.

Tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, janubiy viloyatlarda uzoq davom etgan kuchli yomg‘ir tufayli 3700 ga yaqin aholi punkti suv ostida qolgan.

Umuman olganda, tabiiy ofatdan 660 mingdan ortiq xonadon jabr ko‘rdi.

Toshqindan zarar ko‘rgan viloyatlar Tailanddagi mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan uzoqda. Yaralangan sayyohlar haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 16:32 04.12.2024. O'qildi: 1421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!