Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Taftish.uz sobiq rahbari 33,3 ming dollarni talon-toroj qilganlikda ayblanib sirtdan qamoqqa olindi

A A A
Taftish.uz sobiq rahbari 33,3 ming dollarni talon-toroj qilganlikda ayblanib sirtdan qamoqqa olindi

Taftish.uz internet nashri sobiq rahbari G‘ayrat Aberayev firibgarlik, xususan, fuqarolarni aldash orqali jami 33,3 ming dollarni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Taftish.uz internet nashri sobiq rahbari G‘ayrat Aberayevga nisbatan sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi axborot xizmati xabariga tayanib, Telegram`dagi GENERALISSIMUS kanali ma’lum qildi.

Mazkur xabar viloyat prokuraturasining Telegram`dagi sahifasidan olib tashlangan va keyinchalik nosozlik tufayli yuz bergani va yaqin orada xabar qayta joylashtirilishi aytildi.

Xabarga ko‘ra, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Shofirkon tumani bo‘limi tomonidan Aberayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayblov
Prokuraturaning qayd etishicha, G‘ayrat Aberayev Shofirkon tumani hududida yashovchi fuqarolarni aldab, Taftish.uz saytining ijtimoiy tarmoqlardagi kanali orqali ularning muammolarini hal qilib berish evaziga juda ko‘p miqdordagi pullarini olib, shaxsiy extiyojlariga ishlatib yuborgan.

Kiritildi: 17:42 07.11.2023. O'qildi: 1630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!