Tabiiy sharbatlar va qahva esa aksincha, ruhiyatni himoya qiladi. Olimlar 188 ming kishi orasida so‘rovnoma o‘tkazishdi va qiziqarli xulosalarga kelishdi:
• Kuniga bir martadan ortiq shakarli ichimliklar ichish depressiya xavfini 14% ga oshiradi.
• Shakarni o‘rnini bosuvchi sun’iy qo‘shimchalar qo‘shilgan ichimliklar jiddiyroq xavf tug‘diradi: kuniga bir martadan ortiq portsiya depressiya xavfini 23% ga oshiradi.
• Sof meva yoki sabzavot sharbatlarini muntazam iste’mol qilish depressiya xavfini 19% ga, qahva esa 12% ga kamaytiradi.
Agar zararli ichimliklarni foydali ichimlikka almashtirsangiz, xavflar kamayadi. Misol uchun, kola o‘rniga tabiiy apelsin sharbati.