Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tadbirkorlarning radari aniqlagan jarimalar qanday taqsimlanadi?

A A A
Tadbirkorlarning radari aniqlagan jarimalar qanday taqsimlanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarning, shuningdek, og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha stasionar shoxobchalarning texnik ekspluatasiyasi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan joriy elektr energiyasi va aloqa kanallari xarajatlarini qoplash tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Loyihaga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar hamda tegishli og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha stasionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi quyidagicha taqsimlanadi:

Tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasining:

25 foizi – Tadbirkorlik sub’ekti hisobiga;

25 foizi – Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga;

20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga;

20 foizi – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy byudjetiga;

10 foizi – Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markaziga «Xavfsiz shahar» konsepsiyasini to‘laqonli joriy etish uchun maqsadli yo‘naltiriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha stasionar shoxobchalar yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasining:

30 foizi – Tadbirkorlik sub’ekti hisobiga;

25 foizi – Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga;

25 foizi – yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy byudjetiga;

20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yo‘naltiriladi.

Nizomga ko‘ra, tizim o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joyning dislokasiyasi va minimal qiymati (boshlang‘ich narxi), mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yo‘l harakati qoidalari turlari bo‘yicha qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan «E-IJRO AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilinadi.

Tizim o‘rnatiladigan joyni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Kiritildi: 10:14 09.02.2021. O'qildi: 3048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!