Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?

A A A
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?

Prezidentimizning joriy yil 23 yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda 2024 yil 1 fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etiladi.

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor «AAA» toifadagi reytingga ega bo‘lsa:

▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilishda vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti.

Bungacha bu faqat yirik soliq to‘lovchilar hamda 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasi sertifikat olgan korxonaolar uchun amal qilar edi.

Endi reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi.

Reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishiga undashdir.
___________

Kiritildi: 12:33 31.01.2024. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!